25 iyu 13:13
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Bax: "Nega tennisda ukrainlarning ruslarga qarshi kortga tushishiga ruxsat bor, stol tennisida yo'q?"
MOQ rahbari Tomas Bax Ukraina hukumati tomonidan mamlakat sportchilarining ruslarga qarshi bellashmasligi haqidagi qarori haqida gapirdi.
"Ukrainalik sportchilarga keladigan bo'lsak, ular dzyudo va taekvondodagi turnirlarda ishtirok etishdi. Birinchi navbatda ularga o'z hukumati ruhsat bermadi va o'zlari sankciyalar qo'yishdi.
Tushunmayapman, Ukraina hukumati nega unday qilyapti? Bu ukrainalik sportchilarning Olimpiadaga chiqishiga va o'z xalqini xursand etishiga yo'l bermasligi mumkin.
Nega tennisda ukrainlarning ruslarga qarshi kortga tushishiga ruxsat bor, stol tennisida yo'q?
Ayni damda yuzlab million insonlar Ukrainaning Olimpiadada qanday tanishtirilishi va ukrainalik sportchilarning ishtirokini kutishmoqda.
Biz Olimpiadada ishtirok etadigan har bir ukrainalikni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz", - dedi Bax.
Havola :
Manba : rsport.ria.ru
Fikrlar