14 may 08:32
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoechilarimiz Tuyabo'g'izda tayyorgarlikni davom ettirishmoqda
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Tuyabo'g'iz suv omborida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
19 mayga qadar o'tkazilishi ko'zda tutilgan ushbu yig'in licenziat atletlarimizga Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Mashg'ulotlarni vengriyalik mutaxassis Natasha Douchev-Yanich olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz azolaridan kanoe bahslarida Nilufar Zokirova, baydarkada Ekaterina SHubina hamda SHaxriyor Mahkamov 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar