26 iyu 15:09
Yangiliklar
Eshkak eshish

Baydarkachimiz Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi
Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha U18 va U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o'tkazilyapti.
Unda qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
U 23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida Arina Tanatmisheva marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar