So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

08 dek 14:49
Yangiliklar

Tadbirlar

Bayramga bag'ishlangan tadbir + FOTO

Teglar :  TadbirCHirchiq
CHirchiq davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan 8 dekbar - Konstituciya bayrami munosabati bilan “Sport - sog'lik garovi!” shiori ostida boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida “Quvnoq startlar” sport bellashuvlari tashkil etildi.

CHirchiq shahar xalq talimi bo'limiga qarashli 24-sonli umumiy o'rta talim maktabida tashkil etilgan mazkur sport tadbirini o'tkazishdan maqsad - Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashbbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash va shu orqali o'g'il-qizlarni sportga oshno etish, sportning ommaviyligini yanada keng targ'ib qilishdan iborat.

“Kim chaqqon”, “To'siqlar aro yugurish”, “Arqon tortish”, “Ilon izi”, “To'p marraga” kabi shartlar bo'yicha o'zaro kuch sinashishgan to'rtinchi sinf o'quvchilari bunday qiziqarli va quvnoq shartlarga boy bo'lgan bahslarda ishtirok etganidan mamnun bo'lishdi.

CHirchiq davlat pedagogika instituti fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi o'qituvchi va talabalari hamda maktab jamoasi esa jajji jamoalarni har bir shart bo'yicha bajargan mashqlarni qo'llab-quvvatlab turishdi.

Sport tadbiri yakuniga etgach, musobaqada ishtirok etgan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Institutning “Pedagog” sport klubi raisi o'rinbosari Ravshan Mamatqulov, fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Akrom Abdulaxatovlar g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarga institut tomonidan tasis etilgan diplom va esdalik sovg'alarini topshirdi. 

Abdilhakim JUMAEV, CHirchiq davlat pedagogika insitituti fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi o'qituvchisi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing