13 fev 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks kechasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ham ringga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Morgan Fitch (19-4-1, KO 8) bo'ladi. Bugun ertangi jang oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlari o'tkazildi.
Tarozida har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Bektemir Meliqo'ziev 170.6 funt, yani 77,3 kg tosh bosdi. Oqshomning markaziy jangi Jozef Dias hamda SHavkatjon Rahimov o'rtasida vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar