07 avg 07:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/230071_220.jpg)
Bektemir Meliqo'ziev ishtirokidagi jang uchinchi raundda to'xtatildi
Biroz avval hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev professional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
AQSHning Texas shtati Fort-Uert shahridagi "Dickies Arena"da bo'lib o'tgan boks oqshomi Golden Boy va Matchroom Boxing promouterlik kompaniyalari hamkorligida tashkil etildi.
DAZN platformasida namoyish etilgan boks kechasida supero'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bektemir Meliqo'ziev Sladan Yanyaninga qarshi ringga ko'tarildi.
Referi uchinchi raundda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Meliqo'ziev ketma-ket kuchli zarbalardan so'ng raqibini texnik nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar