01 jan 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev: “Otam musobaqada ishtirok etishim uchun mollarni sotgan”
O'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziev katta boksga kirib kelishga otasining hissasi juda katta ekanligini tan oldi.
“Biz o'rtahol oilada katta bo'lganmiz. Otamiz bizni doim qo'llab turgan. Men qaergadir o'quv-yig'in mashg'ulotlariga yokida turnirga ketishim kerak bo'lgan vaqtlarda otam uydagi mollarni yoki boshqa bir jonzotlarni sotib menga bergan. Otam meni hech bir musobaqada qolib ketmasligi uchun borini bergan. Ular mening orzum uchun to'liq sharoit yaratib berishga harakat qilganlar”,-dedi Meliqo'ziev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar