30 okt 07:49
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev taroziga chiqdi + FOTO
Ushbu bahsda hamyurtimizga meksikalik Alan Kampa raqiblik qiladi. Jang o'rta vaznda vakant bo'lib turgan WBA Continental va WBO InterContinental kamarlari uchun kechadi hamda 10 raunddan iborat bo'ladi.
Bugun tong saharda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Bektemir Meliqo'ziev 76,2 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, 28 yoshli Alan prof ringda 23 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 17 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangda mag'lubiyat (2 ta nokaut) alamini totib ko'rgan. O'zi esa 11 ta bahsda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangini 2019 yilning 2 may kuni Erik Baziniyanga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi.
Bektemir Meliqo'ziev esa faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan. To'rtta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. So'nggi jangini shu yilning 14 fevral kuni Oskar Kortesga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Fikrlar
Nokaut kutib qolamiz