04 avg 20:21
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'zievning jang oldidan ishtirok etadigan ommaviy tadbirlari ro'yxati va vaqti bilan tanishing
6 avgust kuni Bektemir Meliqo'ziev Sladan Yanyaninga qarshi ringga chiqadi. Supero'rta vazn toifasidagi jang Golden Boy va Matchroom Boxing bilan hamkorlikdagi boks oqshomida bo'lib o'tadi hamda DAZN platformasida namoyish etiladi.
Jang o'tkaziladigan joy Texasning Fort-Uert shahridagi Dickies Arena bo'ladi.
Janglar oldidan bokschilar bir qator ananaviy ommaviy tadbirlarda qatnashadilar:
Matbuot anjumani:
4 avgust, payshanba, soat 22:30da boshlanadi;
Vazn o'lchash:
5 avgust, juma, soat 22:30da boshlanadi;
Boks kechasi:
Yakshanba, 7 avgust
Dastlabki kard janglari Toshkent vaqti bilan 02:30 da start oladi.
DAZN platformasi esa soat 6:00 da - Bektemir Meliqo'ziev ishtirokidagi jangdan boshlab translyaciya qiladi.
Eslatib o'tamiz, yuqoridagi barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Fikrlar