23 sen 13:18
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'zievning koronavirus sabab qoldirilgan jangining yangi sanasi malum bo'ldi
Bu haqida Boxer TV kanali xabar berdi. Unga ko'ra, hamyurtimiz ishtirokidagi jang 30 oktyabr kuni o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda ko'proq malumot olish maqsadida kanal vakili bokschining menejeri Alik Frolov bilan qisqa intervyu tashkil etgan.
«Xa, Bektemir navbatdagi jangini 30 oktyabrda o'tkazadigan bo'ldi. Unga kim raqiblik qilishi hali aniq emas. Oldingi belgilangan raqibi Alan Kampa ham bo'lishi mumkin. Ammo biz promouterlardan kim bo'lishidan qatiy nazar yaxshiroq raqib so'raganmiz. Hozircha aniq bir nomni ayta olmaymiz, bizga promouterlar kimni bersa jang qilamiz» - deydi Frolov.
Kechaning markaziy jangida sobiq jahon chempioni Xayme Munguai (35-0, 28KO) Terano Jonsonga (21-2-1, 15KO) qarshi ringga ko'tarilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Meliqo'ziev o'zi 28 avgust kuni Alan Kampaga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo kechaning markaziy jangi ishtirokchisi Xorxe Linaresda koronavirus aniqlangani sabab, ushbu jang oqshomi bekor qilingandi.
Fikrlar