22 jan 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/150144_220.jpg)
Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi
Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev Kovalyovga qarshi jangi amalga oshmasligi aniq bo'lganidan so'ng yangi jang sanasini kutayotgandi.
Unga ko'ra, endilikda hamyurtimiz 13 fevral kuni "Golden Boy" tomonidan tashkil etiladigan shouda ringga ko'tariladi.
Ammo bo'lajak raqib haqida hozircha rasmiy malumot elon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, aslida Bektemir 30 yanvar kuni Sergey Kovalyovga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo rossiyalik bokschining organizmidan taqiqlangan moddalar topilgani sabab, ushbu jang bekor qilindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar