So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

29 okt 10:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi ikkita kamar uchun o'tkaziladi

Bu haqida "Mir Boksa" kompaniyasi matbuot xizmati malumot berdi.

Yaxshi bilasiz, bizning vaqt bilan 31 oktyabr tongida Bektemir Meliqo'ziev prof ringda o'zining oltinchi jangini o'tkazadi. 

Ushbu bahsda hamyurtimizga meksikalik Alan Kampa raqiblik qiladi. Malum bo'lishicha, ushbu jang o'rta vaznda vakant bo'lib turgan WBA Continental va WBO InterContinental kamarlari uchun kechadi. 

Malumot uchun, 28 yoshli Alan prof ringda 23 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 17 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangda mag'lubiyat (2 ta nokaut) alamini totib ko'rgan. O'zi esa 11 ta bahsda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangini 2019 yilning 2 may kuni Erik Baziniyanga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi.  

Bektemir Meliqo'ziev esa faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan. To'rtta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. So'nggi jangini shu yilning 14 fevral kuni Oskar Kortesga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. 

Qayd etish lozimki, ushbu jang 28 avgust kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan. Biroq kechaning markaziy jangi ishtirokchilaridan birida koronavirus aniqlangani sabab, jang oqshomi boshqa muddatga qoldirilgandi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 okt 11:23:24
CHELSEA2211
E men chempionlik jangi debman...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing