25 may 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Bekzod Isadullaev: "Aslida revansh bo'lmasligi lozim edi, ammo..."
Ahmat Fighting Promotions bokschisi Bekzod Isadullaev Abbosxon Yo'ldoshevga qarshi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"Ringga chiqish uchun 10000 dollar so'ramoqda. Kuchiga ishonsa tushsin va kim aslida kimligini isbotlasin. Jang bo'ladimi? Bu savolni javobini bilmadim, biroq biz bu jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va ertangi to'qnashuvga tayyormiz. Aslida revansh bo'lmasligi lozim edi, ammo ustozlarimiz bu jangga rozilik berishdi.
O'zi aslida Abbosga qarshi jangga tayyorlanmagandim. SHunga qaramasdan, 10-15 kun jiddiy tayyorgarlik olib bordim. Meni qo'llab turganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Yaxshi jang ko'rsatishga harakat qilaman. Maqsad faqat g'alaba", - dedi Isadullaev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar