24 may 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon 73: Hamyurtlarimiz hisobida bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat
Kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" arenasida MMA bo'yicha Octagon 73 turniri bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, turnir doirasida ikki hamyurtimiz — Jasurbek Jo'raev hamda Begzod Ismoilov ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishdi.
Ismoilov Qozog'iston vakili Vitaliy CHernyavskiyga qarshi kechgan bahsda TKO tufayli muddatidan ilgari imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Jasur "Tayson" esa qirg'izistonlik Nurdinbek Zoxriddin Uuluga qarshi oktagonga ko'tarildi. To'liq kechgan jangda Jo'raev ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi.
Musobaqaning markaziy jangida qozog'istonlik Baurjan Kuanishbaev hamyurti Rustem Muxatovni ochkolar hisobiga ko'ra engib, o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar