04 apr 19:49
Yangiliklar
Belal Muhammad nima sababdan SHavkat Rahmonovga qarshi jangdan bosh tortganini tushuntirdi
“Hech qachon jiddiy raqiblardan qochmaganman. Men doim eng kuchlilar bilan jang qilganman. So'nggi jangimda 15-0 rekordga ega jangchini mag'lub etdim. SHavkat xavfli, biroq unga qarshi jang ortga tashlangan qadam bo'ladi. Uni ham mag'lub etsam ham menga chempionlik jangini berishmaydi. CHunki bunday gaplarni SHon Brediga qarshi jangdan so'ng ko'p eshitdim. Men endi faqat o'zimdan tepadagilarga qarshi jang qilmoqchiman.
Mendan tepada Kovington, Usman va Leon joy olgan. Men ikki sobiq davogarlarni, bir qator kuchli jangchilarni taslim etdim, biroq hech biridan so'ng chempionlik jangini berishmadi. CHempionlik kamariga ega bo'lishim uchun yagona yo'l: sobiq chempionga qarshi jang. Men Kamaruga qarshi jang qilmoqchiman. Bilishimcha, u avvalgi jangidan so'ng jiddiy jarohat olmadi va tez orada qaytadi. SHunday ekan, mening maqsadim Kamaru Usmanga qarshi jang”, - dedi Belal.
Fikrlar