So’nggi yangiliklar

16:24"Барселона"га келаётган посбон иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо... 0 16:03China Open. Андрей Рублёвнинг юриши бошланди 0 15:42WAKO Президенти Миллий Олимпия қўмитасида меҳмон бўлди 0 15:21Расман. Одилхон Камоловнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ФОТО 0 15:00Пеп Гвардиола: "Уруш хоҳлайсизми? Энди жанг қиламиз" 0 14:39Ана холос! Тошкентда ўтиши эълон қилинган Octagon 64 турнири Қозоғистонга кўчирилди. Бунинг эҳтимолий сабаби маълум 0 14:18Octagon 63: Тўрт ҳамюртимизнинг фақатгина бирида ғалаба 0 13:57Икки мураббийимиз Президент Фармонига мувофиқ фахрий унвон билан тақдирланди 0 13:36Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги маълум 0 13:15WADA тақиқланган моддалар рўйхатини янгилади 0 12:54China Open. Коко Гофф иккинчи босқичга чиқди 0 12:33"Кичкина аҳмоқ!". Конор Макгрегор Илия Топурияга жавоб қайтарди 0 12:12BMW "Реал" футболчиларига янги автомобилларни тақдим этди + ФОТО 0 11:51Бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоасида сардор ўзгарди 0 11:30"Номад" ва "Ҳумо" жамоаларининг иккинчи ўйинида йирик ҳисоб қайд этилди 0

25 dek 22:16
Yangiliklar

Qishki sport turlari

“Beldirsoy”da 3 snoubordchi qor ko'chkisi ostida qolib vafot etdi

Kecha, 24 dekabr kuni Bo'stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasida 3 nafar fuqaro qor ko'chkisi tagida qolib, vafot etgan.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisidan olingan malumotiga ko'ra, soat 16:00 larda Bo'stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasining “Dor yo'lagi” (kanat yo'li) hududida 3 nafar fuqaro (M. M. 1994 y. t.,  M. M. 1999 y. t., M. S. 1999 y. t.) snoubord sport turi bilan shug'illanish jarayonida, taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko'chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida fuqarolarning jasadlari soat 19:05 da qor uyumlari ostidan olib chiqildi.

Sodir bo'lgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing