02 iyu 09:16
Yangiliklar
Futbol
Belgiya murabbiyi Senegal bilan o'yinda jamoa qanday qilib kambek qilganini tushuntirdi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya JCH-2026 1/16 finalida Senegal ustidan qozonilgan irodali g'alabaga izoh berdi.
"Agar ishonsangiz, futbolda har doim hamma narsaning iloji bor. Bu jamoaning kuchi zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarda, chunki faqat o'n bir nafar o'yinchi bilan natijaga erishib bo'lmaydi. Biz birinchi bo'limning ikkinchi yarmidan boshlab zarur o'zgarishlarni kiritdik. Ehtiyoj bo'lmagan vaziyatlarda darvozadan juda uzoq masofaga hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirayotgan edik, buni to'g'irladik. Ikkinchi golni o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, o'yinimiz ijobiy tomonga yaxshilandi", — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Belgiya terma jamoasi 1/8 finalda AQSH bilan to'qnash keladi.

Havola :
Fikrlar