12 sen 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 245. Markaziy jangda yana Devisning qo'li baland keldi
AQSHning Ankasvill shahrida Bellator 245 turniri tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida Fil Devis va Lioto Machida revansh bahsida o'zaro to'qnash kelishdi. Bu sportchilarning ikkinchi jangi bo'lib, ular 2013 yilda UFC turnirlaridan birida jang qilishgan va o'shanda Devis ochkolar evaziga g'alaba qozongandi.
Bu safar ham jang to'liq 3 raund davom etdi va g'olibni hakamlar aniqlashdi.
Jang yakuniga ko'ra, hakamlar Devisning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Takidlash lozimki, ushbu g'alaba orqali Fil yarim og'ir vazn toifasida Vadim Nemkovga tegishli kamar uchun davogarga aylanib oldi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar