11 sen 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 245. Sobiq UFC chempioni jang qiladigan oqshom ishtirokchilari taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Ankasvill (Konnektikut shtati, AQSH) shahrida Bellator 245 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi sobiq UFC chempioni Liotu Machida hamda Fil Devis o'rtasida o'tkaziladi. Bugun ananaga ko'ra jangchilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Unda Devis 93,3, braziliyalik faxriy jangchi Machida esa 93,1 kg tosh bosdi.
Bellator 245. Tarozi natijalari
Fil Devis (205,7 funt) — Liotu Machida (205,3 funt)
Ket Zingano (145,9) — Gabbi Xollouey (150,7)
Ed Rut (185,1) — Teylor Jonson (185,7)
Raymond Deniels (169,7) — Piter Stanonik (166,6).
Havola :
Fikrlar