24 apr 09:07
Yangiliklar

Bellator 278: Markaziy jang yangi chempionni taqdim etdi
Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Liz Karmush ishtirokida bo'lib o'tdi. U Juliana Velaskesga qarshi oktagonga ko'tarilib, yangi Bellator chempioniga aylandi.
Dastlabki raundlar teng kurashlar ostida kechdi. Boksni yaxshi o'zlashtirgan Velaskes ikki bor raqibasini nokdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo'ldi. Ammo, muvaffaqiyatini rivojlantiri olmadi.
To'rtinchi raundda Karmush Julianani parterga tushirdi va javobsiz zarbalar yo'llay boshladi. Referi Mayk Beltran esa bu vaziyatda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu holatda raund yakunlanishiga 13 soniya vaqt qolgandi.
Yuzida deyarli "zarbalar izi" bo'lmagan Velaskes referining qaroriga o'z etirozini bildirdi. Lekin Beltran o'z qarorini o'zgartirmadi. Karmush ketma-ket to'rtta g'alabasidan so'ng Bellator chempioniga aylandi. Juliana Velaskes esa nafaqat kamaridan mahrum bo'ldi, balki faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini ham qabul qilib oldi.
Fikrlar