14 may 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 281 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi
Kecha oqshom Buyuk Britaniyaning London shahrida navbatdagi Bellator turniri bo'lib o'tdi.
Bellator 281 turnirining markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasida vaqtinchalik kamar uchun kechdi. Unda angliyalik Maykl Peydj AQSH vakili Logan Storliga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq 5 raund davom etdi va Storlining ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Amerikalik jangchi ushbu vaznda vaqtinchalik kamar sohibiga aylandi.
Bu Loganning faoliyatidagi 14-g'alabasi bo'ldi. Hisobida bitta mag'lubiyat ham bor. Mezbon jangchi esa ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 20 taligicha qoldi. Aslida Peydj kecha amaldagi chempion, ukrainalik Yaroslav Amosov bilan jang qilishi lozim edi. Ammo, Amosov urush holatidagi vatanini tark etmaslikka qaror qildi.
Havola :
Fikrlar