29 iyu 09:10
Yangiliklar
Bellator 283. Jangchilarning gonorarlari malum
Jumladan, engil vazn toifasi reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan rossiyalik Usman Nurmagomedov faoliyatidagi eng katta gonorarni qo'lga kiritdi. U birinchi raundda amerikalik Kristofer Gonsalesni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Ushbu jang uchun Usman 100 ming dollar gonorar oldi.
Lekin bu turnirning eng katta gonorari emas. Nurmagomedovdan ko'proq gonorarga turnir xedlayneri Jeyson Jekson ($191 000) va Lorenc Larkin ($125 000) ega chiqishdi.
Yarimo'rta vaznda sobiq Bellator chempioni Daglas Lima ham bankdagi hisob raqamini 100 000 dollarga boyitib oldi. SHov-shuvli tarzda engil vazn reytingi peshqadami Sidni Autlouni muddatidan avval mag'lub etgan ozarbayjonlik Tofik Musaev umumiy hisobda 70 000 dollar ishlab oldi. Ushbu summaning yarmini u bonus sifatida olgan.
Rossiyaliklar Gadji Rabadanov va Axmed Magomedov mos ravishda 62 000 hamda 34 000 dollarga ega bo'lishdi. Lorenco Larkinga qarshi jangi o'tkazilmagan deya elon qilingan Muhammad Berxamov 33 000 dollarlik bo'ldi. Qolgan jangchilar 4 000 dollardan 50 000 dollargacha gonorar qo'lga kiritishdi.
Fikrlar