23 iyu 10:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/227833_220.jpg)
Bellator 283. Usman Nurmagomedov navbatdagi jangini o'tkazdi + FOTOGALEREYA
Bellator 283 oqshomining asosiy kardida engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan rossiyalik 24 yoshli Usman Nurmagomedov amerikalik 30 yoshli Kristofer Gonsalesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang birinchi raundning 2-daqiqasi 54-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Usman raqibini bo'g'ish (gilotina) usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Jang asosan tik holatda kechayotgandi. Lekin bazasi kurashchi bo'lgan Gonsales klinchga bordi va bu holat unga qimmatga tushdi. Xabibning talimini olgan Usman Kristoferni bo'g'ib qo'ydi.
SHu tariqa, Usman Nurmagomedov Bellator promoushenidagi qatorasiga to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Janglardan uchtasida raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Bu uning MMAdagi 15-g'alabasi bo'ldi. Durang va mag'lubiyat yo'q. Gonsales esa bugun ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalar soni 7 taligicha qoldi.
Fikrlar