So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

10 dek 14:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Bellator 289. Ikkinchi yarim final to'liq davom etdi, Karmush kamarini himoya qildi va boshqa natijalar

Xabar berganimizdek, bugun tong saharda AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida Bellator 289 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasidagi Gran-prining ilk yarim final jangida rossiyalik Magomed Magomedov (19-2-0) amerikalik Patrik Miks (24-1-0)ga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning ikkinchi raundida Miks bo'g'ish usuli bilan Magomedovni mag'lubiyatga uchratdi.

Gran-prining ikkinchi yarim final jangida engil vaznda vaqtinchalik Bellator chempioni Raufon Stots davogar Denni Sabatelloga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raund to'liq davom etgan jangda chempion ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlardan biri 50:45 hisobidagi g'alabani Denni Sabatelloga taqdim etgan. Qolgan ikki hakam esa bir xil 48-47 hisoblari bilan chempionning g'alabasini taminlagan.  

SHu tariqa, Gran-prining finalida Patrik Miks va Raufon Stots o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Finalda g'olib chiqqan jangchi Bellator chempionlik kamari bilan birga 1 million dollar miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritadi. 

Bugungi oqshomning ko-meynivent jangida o'ta engil vaznda Bellator chempioni Liz Karmush divizionning sobiq chempioni Juliana Velaskesga qarshi bahs olib bordi. Ikkinchi raundda Karmush braziliyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Etiborlisi, bundan etti oy oldin Liz aynan Velaskesdan chempionlik kamarini tortib olgandi. O'shanda to'rtinchi raundda texnik nokaut evaziga jang to'xtatilgandi. Juliananing murabbiylari bu qarorga etiroz bildirishgan edi. Revanshda Karmush yana bir bor kuchli ekanini isbotladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing