11 mar 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator 292 asosiy kardini ochib bergan jang muddatidan avval yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Kaliforniya shtati San-Xose shahrida Bellator 292 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning asosiy kardini ochib bergan jangda britaniyalik Maykl Peyj Yaponiya vakili Goiti Yamautiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang birinchi raunddayoq Goitining texnik nokautli mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Maykl Yamautining tizza qismiga lou-kik zarbasini yo'llab, raqibini muvozanatdan chiqardi. Referi esa jangni to'xtatdi. Peyj faoliyatidagi 23-jangini o'tkazdi va 21-g'alabasini tantana qildi. Hisobida 2 ta mag'lubiyat ham bor.
Yamauti esa bugun oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobidagi g'alabalari soni 28 taligicha qoldi. Yaponiyalik avvalgi jangida Neyman Greysidan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar