13 apr 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator og'ir vaznda vaqtinchalik chempion unvoni uchun jang o'tkazadi
Bellator prezidenti Skott Koker og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik uchun jangni elon qilishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida gapirdi.
Bunga amaldagi chempion Rayan Beyderning yarimog'ir vazn toifasidagi Gran-prida ishtirok etayotgani bilan izoh berdi.
"O'ylashimcha, og'ir vaznda vaqtinchalik chempionlik jangini tashkil qilish vaqti keldi. Rayan Gran-prida ildam odimlamoqda. SHu sababli vaqtinchalik chempionni aniqlashimiz lozim. Biz bu jangni shu haftadayoq elon qilamiz. Har qanday holatda ham voqealar rivoji aynan shunday davom etadi", - dedi Koker.
Eslatib o'tamiz, Rayan Beyder Bellator Gran-prisining yarim final bosqichida Kori Anderson va Davletjan Yaxshimuradov juftligi g'olibi bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar