22 fev 19:24
Yangiliklar
"Bellator" prezidenti Frensis Ngannu bilan hamkorlik haqida gapirdi
Ngannu UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha endi jang qilmasligini aytgan, uning asosiy maoshi 500 ming dollardan 600 ming dollargacha bo'lgan. Frensis boks uning keyingi shartnomasining bir qismi bo'lishi kerak degan fikrni bildirdi. CHunki ular ko'p pul to'laydilar.
"Biz u bilan gaplashmadik, chunki uning hali ham boshqa tashkilot bilan shartnomasi bor. Lekin, bir kun kelib u erkin agentga aylansa, biz o'z harakatimizni boshlaymiz. Bizning falsafamiz: "Agar siz erkin agent bo'lsangiz bizga keling, chunki biz sayyoradagi eng yirik va eng yaxshi erkin agentlar bilan shartnoma imzolaymiz", - deya Kokerning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Eslatib o'tamiz, UFC 270 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Ngannu franciyalik Siril Ganni mag'lub etgandi.
Fikrlar