02 sen 18:48
Yangiliklar
Bellator promoushenini sotish bo'yicha muzokaralar boshlandi, kelishuv qiymat yarim milliard dollarni tashkil qilmoqda
Vaziyatga yaqin manbalarga tayanib xabar berilishicha, kelishuv qiymati 500 million dollarni tashkil qiladi. Paramount esa naqd pul bilan birga Bellator MMA uchun PFL ligasidan malum ulush oladi.
Manbalarning takidlashicha, kelishuv kafolatlanmagan va amalga oshmay qolishi mumkin. O'tgan yili PFL'ning taxminiy qiymati 500 million dollardan 1 milliard dollargacha bo'lgan.
Baholash Saudiya Arabistoni davlat investiciya jamg'armasi o'zining yangi sport investiciya bo'limi – SRJ Sports Investments orqali PFL'ga 100 million dollar sarmoya kiritishidan oldin amalga oshirilgan.
Bellator 2008 yildan beri Paramount kompaniyasiga tegishli va 2014 yildan beri Strikeforce sobiq rahbari Skott Koker boshqarib kelmoqda.
Fikrlar