13 iyu 08:43
Yangiliklar
Futbol
Bellingem "Real"da maxsus tartibda shug'ullanmoqda
Jud Bellingem tizzasidan olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
"Borussiya D"dan "Real"ga kelib qo'shilgan yarim himoyachi o'tgan mavsum Bundesliganing so'nggi turida jarohat olgandi. SHu sababli u Angliya terma jamoasining iyun oyidagi o'yinlarini ham o'tkazib yubordi.
Malum bo'lishicha, u ayni paytda maydondan tashqari, alohida tartibda fizioterapevtlar bilan shug'ullanmoqda. Bungacha u bir necha marotaba umumiy guruhda ham mashg'ulotlar olib borgandi.
U jamoa bilan birga AQSHdagi turnega ham boradi. Uning "Real"dagi debyuti 24 iyul kuni Los-Anjelesda bo'lishi mumkin. O'sha kuni madridliklar "Milan"ga qarshi o'ynashadi.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar