19 okt 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47062_220.jpg)
Bellyu Usik bilan janggacha 13 kg vazn tashlashi kerak
Britaniyalik bokschi Toni Bellyu birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usikning chempionlik kamarlarini tortib olmoqchi.
Usik - Bellyu chempionlik jangi 10 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu bahs britaniyalik bokschi uchun faoliyatidagi so'nggi jang bo'ladi. Buning uchun Bellyu 9 noyabrga qadar 13 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo'lishi shart. Aynan jangdan bir kun oldin bokschilar tarozidan o'tishadi.
“Mutloq jahon chempioni bo'lish yo'lida hamma narsaga tayyorman. Hozir menda ortiqcha bo'lib turgan 13 kg vazndan xalos bo'lishni boshlab yubordim. Maqsadim - jahon chempioni sifatida faoliyatimni yakunlash”, - deya Bellyuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar