So’nggi yangiliklar

07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0

28 sen 13:18
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Besh afsonaviy trilogiya. SHubhasiz, Golovkin va Kanelo jangi ular bilan tenglasha olmaydi

Bu murosasiz janglar boks tarixini butunlay o'zgartirib yubordi

18 centabr kuni Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi trilogiya meksikalikning so'zsiz g'alabasi bilan yakunlandi. Umuman olganda, trilogiyalar boks tarixiga afsonaviy qarama-qarshiliklar sifatida kiradi. Ammo katta umidlar va vadalar bilan tashkil qilingan Kanelo hamda “GGG” trilogiyasining bu qatorga kirishi, dargumon.

Meksikalik o'zining bergan vadasi yaqiniga ham kela olmadi. Biroq Alvares va Golovkin bahsida kuzatilmagan o'zgacha uslub, haqiqiy drama boshqa janglarda bor edi.

5. Arturo Gatti-Mikki Uord

Sport tarixidagi eng ajoyib qarama-qarshiliklardan biri. Gatti ham, Uord ham o'rtamiyona jangchi bo'lganligi sababli, ko'pchilik bu bahsga etibor qilmagan edi. Lekin ular bu trilogiya bilan nomlarini boks tarixiga muhrlashdi. Birinchi jang tomoshabinlarni shunchalik xursand qildiki, natijada tashkilotchilar revanshni uyushtirishdi. Hisoblar teng kelganida esa, g'olibni aniqlash maqsadida dueldan trilogiyaga o'tildi.

Ringda juda ko'p qon to'kildi. Birinchi jang tezkor hujumlarga boy bo'ldi. Ikkinchi qarama-qarshilik esa mag'lubiyatdan xulosa chiqargan Gattining hukmronligi ostida o'tdi. Uchinchi bahsning to'rtinchi raundida Arturoning qo'li sindi, ammo raqibining umidsiz qarshiligini ham enga oldi. Murosasiz kechgan janglarga qaramasdan, ular yaxshi do'st bo'lib qolishdi.

Tashkilotchilarga esa bitta savol qolmoqda: ular o'rtasida hech bo'lmaganda bitta 12 raundlik jang o'tkazishning iloji yo'qmidi? CHunki uchta bahs ham 10 raundlik formatda tashkil qilingan edi.

4. Tayson Fyuri-Deontey Uaylder

Ayniqsa, og'ir vazn toifasidagi trilogiyalar ajoyib o'tadi. Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi jangda o'zini ko'rsatish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qildi. Birinchi bahsda lo'lilar qiroli 12 raundlik shafqatsiz nokdaundan o'zini tiklab, Uaylderni mag'lubiyatga uchratdi va o'zining afsonaviy qaytishini ommaga namoyish qildi. Ikki nokdaunga qaramasdan, Fyuri baribir kuchli ko'rinar edi. Biroq hakamlarning fikri turlicha bo'ldi va jang durang bilan yakunlandi.



SHu orqali Fyurining daromadi ham ancha ko'paydi va uning o'zi ham xalq chempioniga aylandi. Bir yillik qayta tiklanish uchun qilingan harakatlar hamda azoblar o'zining natijasini ko'rsatdi. U Uaylderning faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini muddatidan oldin g'alaba qozonish orqali tuhfa qildi. Qarama-qarshilik masalasi shu bilan yopilishi mumkin edi, biroq Deontey sudda Fyuri bilan yana bir marta jang qilish huquqini qo'lga kiritdi. Va bu besamar ketmadi.

Jangchilar og'ir vazn toifasi tarixidagi eng ajoyib janglardan birini namoyish qilishdi. Dastlab, Uaylder uchinchi raundga kelib kanvasda yotib qoldi. Keyingi uch daqiqada esa Fyurining o'zi ikki marta nokdaun holatiga tushdi. Ammo lo'lilar qiroli raqibining ustidan hukmronligini o'rnatdi va oxirgi raundlarda uni mag'lubiyatga uchratdi. 10-raundga kelganida charchagan amerikalik ikkinchi marta nokdaunga, oxir-oqibat 11-raundda esa nokautga uchradi. Bunday ishonchli yakunga qaramasdan, Uaylder hali ham raqibini hurmat qilmaydi va u bilan yana jang qilishni istaydi.

3. SHugar Rey Leonard-Roberto Dyuran

80 yillar-o'rta vazn toifasidagilar uchun oltin davr. Ushbu intrigadan SHugar Rey Leonard, Roberto Duran, Tomas Xirns va Marvin Xaglerlardan iborat kvartet o'rin oldi. O'sha davrning eng qizg'in qarama-qarshiligi Leonard hamda Durand o'rtasida bo'lgan. Ilk ikki uchrashuv 1980 yilda tashkil qilingan.

Birinchi jang tajovuzkor panamalik scenariysi asosida shiddatli va murosasiz kechdi. Natijada 46 ming tomoshabin Dyuranning g'alabasi bilan yakunlangan 15 raundlik dahshatli bahsning guvohi bo'lishdi. 1980 yilning oxirida ular yana ringga ko'tarilishdi. Bu safar esa muvaffaqiyat Leonardga kulib boqdi.

Uning raqibini ochiqchasiga mensimasdan qilgan harakatlari panamalikning ruhiyatiga salbiy tasir qildi. 8-raund so'ngida u SHugar Reyga teskari qarab olib, jangni davom ettirishdan bosh tortdi va bu holatga javoban shunchaki, elka qisib qo'ydi. SHarhlovchi Govard Kosel bu hodisaga «No Mass» yani «Bo'ldi, etarli» iborasi bilan munosabat bildirdi.

Hal qiluvchi ring to'qqiz yildan keyin bo'lib o'tdi. O'sha vaqtda 38 yoshli Dyuran ortida 100 ga yaqin jang bor edi. Leonard esa bu paytda tatildan qaytib, Tomas Xirns bilan revansh o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi g'alaba yana SHugar Reyga nasib qildi, shuningdek u bir vaqtning o'zida Robertodan WBC kamarini ham olib qo'ydi.



2. Marko Antonio Barrera-Erik Morales

Meksika uslubi haqida gapirilganda, ko'pchilik shu jangni yodga oladi, chunki ular o'zlarida bu uslubni ko'rsata olgan. Ringdagi dahshatli kurashdan tashqari, ular o'rtasida shaxsiy adovat ham bor edi. Morales Barrerni, malumoti bo'yicha arxitektor bo'lgan Marko Antonio esa raqibini akcenti sabab hindistonlik qishloqi deb atagan.

SHuningdek, bu erda aqlbovar qilmaydigan bahslar bo'ldi, bulardan ikkitasi nufuzli "The Ring"ning nashriga ko'ra yilning eng yaxshi janglari deb topildi. Birinchi jang Moralesning tomoshabinlarning noroziligiga sabab bo'lgan hakam qarori bilan qo'lga kiritgan bahsli g'alabasi bilan tugadi. Hattoki, WBO ham yangi chempionni tan olmasdan, Barreraning unvonini o'zida qoldirdi. Biroz vaqt o'tib Marko Antonio revansh tashkillashtirishga muvaffaq bo'ldi. Ammo bu safar uning g'alabasi bahsli bo'lib qoldi.

Hal qiluvchi trilogiya ikki yil o'tib boshqa divizionda yani o'rta engil vaznda bo'lib o'tdi. Tashqi tarafdan Morales chempionlik unvoniga loyiq ko'rinar edi, lekin Barreraga gavdasining kichikligi halaqt bermadi. Nihoyat, Marko qarama-qarshilikka barham berib g'alaba qozondi. Jangdan so'ng Antonio raqibiga yarashishni taklif qildi, ammo Erik bunga javoban unga suv sachratib yubordi. SHu tariqa, u yana kelishmovchilik keltirib chiqardi. Jangchilar o'rtasidagi nizo o'zlarining faoliyatlarini tugatganidan yillar o'tgandagina barham topdi va oxir-oqibat ular do'st bo'lib qolishdi.

1. Muhammad Ali-Jo Freyzer

Tariflashga izoh qoldirmaydigan-trilogiya. SHu qarama-qarshilik sabab Muhammad Ali afsonaga aylangan bo'lsa, Jo Freyzer esa birinchilardan bo'lib Alidan engilganlar qatoridan joy oldi. Uchala bahs ham tuzilishi jihatdan bir-biriga o'xshamagan. Birinchi jangda Jo ring bo'ylab raqibini taqib qilib, hujum qildi. Ali uchun bu diskvalifikaciyadan keyingi uchinchi jang bo'lib, bundan uning yaqin do'sti foydalandi.

Revanshda Ali ustunlik qilib, Jo zarbalarini qaytarishni uddaladi. Uning harakatlari aniq edi, biroq hakamlar buni nazarga ham olishmadi. SHu tariqa, umumiy hisob 1:1 bo'ldi. Ularning trilogiyasi juda ajoyib o'tdi. Manilada bu jang haqida juda ko'p aytilgan va yozilgan. O'sha vaqtda jangchilar ringda o'lishga ham tayyor bo'lgan, xususan, sobiq do'sti bilan to'qnashuvga Freyzerning shaxsiy adovati ham sabab bo'lgan. Muhammadning ommaviy axborot vositalarida aytgan gaplari Freyzerga va uning oilasiga tasir qilgan bo'lishi ham mumkin.

Ali va Freyzer oxirgi raundgacha kurash olib borishdi. O'shanda Muhammad hakamdan jangni to'xtatilishini so'radi, Jo esa yakunlashga tayyor emas edi. Biroq Freyzer uchun uning murabbiyi bahsni to'xtatdi, chunki u shogirdining 14 raunddan keyingi holatiga chidab tura olmadi. Mana shu qaror sabab boks tarixi birinchi va oxirgi marta o'zgardi. Hakamlardan birontasi sal etiborliroq bo'lganida, balki hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi…

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing