So’nggi yangiliklar

10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0

23 jan 18:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Beterbiev 38 yosh bo'lishiga qaramay barchani uxlatib qo'ymoqda. Navbat Bivolga…

14 yanvarga o'tar kechasi Kvebekda WBC, WBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha chempion Artur Beterbiev va Kallum Smit o'rtasida chempionlik jangi bo'lib o'tdi.

Jang masalasi 7-raundda hal bo'ldi. Beterbiev Smitni burchakka qisib, tinimsiz zarbalar orqali nokaut evaziga taslim etdi. Ikki bokschi o'rtasidagi jang dastlab 2023 yilning avgust oyiga rejalashtirilgan edi, biroq Arturning tish operaciyasidan so'ng jag'ida infekciya paydo bo'lganligi sababli jang qoldirildi. 2024 yil yanvar oyida Beterbievning testi «atipik» natijalarni ko'rsatgach, bahs yana bir bor bekor qilinishi mumkin edi. Lekin, qo'shimcha testlar salbiy chiqqandi. 

«SHuni aytmoqchimanki, men sof jangchiman. Faoliyatim davomida biror marotaba taqiqlangan moddalar istemol qilmaganman. Buning aksini isbotlashga urinish tuhmat hisoblanadi. Bunday gaplar shunchaki o'rinsiz», dedi Beterbiev darhol bu kabi gap-so'zlarga. U oxirgi marotaba 2023 yilning yanvarida Entoni Yardni 8-raundda nokaut hisobiga taslim etganidan buyon ringga ko'tarilmayotgandi. Smit ham bir yarim yildan so'ng yana ringga qaytdi. U so'nggi bor 2022 yilning avgust oyida Matyo Boderlik bilan to'qnash kelib, uni 4-raundda nokautga uchratgandi. Ushbu jang Kallum uchun mazkur vazn toifasidagi ikkinchi jang edi. Bunga qadar u supero'rta vaznda boks tushib kelgan va WBA chempioniga aylangan, ammo kamarini Saul Alvaresga boy berib qo'ygan edi.


Qog'ozda Smit yoshi va antropometriyasi bo'yicha jiddiy ustunlikka ega edi, biroq Beterbievning rekordi dahshatliroq ko'rindi – 19 g'alaba va barchasi nokaut. Smitning rekordi bo'lsa, 29-1, uning kuchli zarba sohibi ekanligiga qaramay, g'alabalarining atigi 72 foizi muddatidan avval poyoniga etgan. Yakunda barcha faktorlarni chetga surgan holda Artur raqibini 7-raundda ringa qulatishga muvaffaq bo'ldi. CHechenistonlik bokschi ilk soniyalardanoq oldinga oshiqdi hamda raqibini ring arqonlariga qisib qo'ydi. Britaniyalik sportchi bo'lsa, ringni aylanib, zarba uchun qulay imkoniyatni kutdi, lekin Beterbiev uning erkin ishlashiga deyarli yo'l qo'ymadi. 



Smit antropometriyadagi ustunligidan unumli foydalanmadi va raqibini uzoq ushlay olmay, yaqin jang qilishni afzal ko'rdi. U Arturning hujumlariga dosh berib, javob hujumiga otildi, ammo zarbalar chechenistonlikning bloklaridan nariga o'tmadi. Uchinchi raundga kelib, Kallum o'tkazib yuborilgan zarbalar tasirida biroz o'zini yo'qotishni boshladi. Tanaffus vaqtida britaniyalikning murabbiyi qarshi zarba berishni kutmasdan, tana ustida ko'proq ishlashni maslahat berdi. Bu uslub unga qisman ustunlikni taqdim etdi, lekin Beterbievga u qadar zarar etmadi. Aksincha, uning zarbalari kuchliroq va aniqroq bo'ldi.


Ko'pchilik Smitdan chap tomondan aperkot zarbalarini kutgan edi, biroq hammasi chappasiga ketdi. 7-raunda kelib, uning o'zi o'ng tomondan kelgan aperkotni o'tkazib yubordi. Raqibining muvozanatni yo'qotganini payqagan Artur tezda oldinga o'tib, uni ikki marta polga ag'anatdi, shundan so'ng Kallumning burchagi jangni to'xtatishga qaror qildi. Britaniyalikning hujumlariga qaramay, jang bir tomonlama o'tdi deyish mumkin. Endi chechenistonlik bokschiga faqatgina bitta munosib raqib qoldi. U ham bo'lsa Dmitriy Bivol. «Ha, albatta, menga to'rtinchi kamar kerak. Bu men uchun ushbu vaznda barcha maqsadlarimga etgganimni anglatadi. Bo'lajak jang katta ahamiyatga ega», dedi Artur Beterbiev. Bob Arum esa chempion Ramazon oyidan 3 oy o'tib, Bivolga qarshi jangga tayyor bo'lishini aytib o'tdi.


Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
23 jan 22:12:08
Исломбек
Енгил вазнда деб нотугри ёзилган Бу ярим огир вазн икаинчидан Бетербиев Догистонлик эмас у Чечен
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing