12 okt 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev Usikka qarshi jangini esladi
Rossiyalik bokschi Artur Beterbiev ukrainalik Aleksandr Usik bilan Olimpiadadagi to'qnashuvini esladi.
WBC va IBF kamari egasi Artur Beterbiev sobiq chempion Aleksandr Usik bilan bo'lgan jangi haqida gapirdi.
"Yugurib keldim. Zerikib, Usik bilan olimpiadadagi jangni qayta ko'rishga qaror qildim. Menga u bilan og'ir vaznda jang qilish qiziq bo'lgan bo'lardi.
Sizlar nima deb o'ylaysiz, bu arzirmikan?",-deya Instagram storisida muxlislarga murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, London Olimpiadasi chorak finalida Usik Beterbievni mag'lub qilgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar