27 okt 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Bibossinov professional boksdagi ikkinchi jangida ringga ko'tarildi
Qozog'istonlik Olimpiya o'yinlari sovrindori Saken Bibossinov prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Tokio Olimpiadasi sovrindori Bishkek shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida qirg'izistonlik mezbon bokschi Adilet Kachkinbekovga qarshi ringga chiqdi. Olti raund to'liq davom etgan jangda Bibossinov 60:52, 60:53, 58:55 hisoblarida g'alabaga erishdi.
Ushbu boks oqshomida ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Biroq, bokschimizning sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo tufayli bu jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar