06 may 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad: "Islam menga "Sen chempion bo'lib, rejalarimni buzding" dedi"
Bilol Muhammad Islam Maxachevni navbatdagi jang uchun shartnoma imzolashga chaqirdi.
"Islam menga "Sen chempion bo'lib, mening rejalarimni buzding" dedi. Men esa unga aytmoqchimanki, shartnoma imzola, chunki men Monrealdan kamarsiz qaytmayman", — dedi UFC chempioni Bilol Muhammad.
Uning Della Maddalenaga qarshi chempionlik jangi UFC 315 turnirida 11 may tongida o'tkaziladi. Bu Bilol uchun ilk himoya jangi bo'ladi.
Avvalroq Islam Maxachev, agar Della Maddalena g'alaba qozonsa, titul uchun jang qilish maqsadida yarim o'rta vaznga ko'tarilishi mumkinligi xabar qilingandi. Maxachev esa Bilol bilan jang qilishni istamasligini bildirgan.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar