05 may 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad nima uchun Xamzat CHimaevga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Bilol Muhammad nima uchun o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan asli chechenistonlik Xamzat CHimaev bilan jang qilmoqchi ekanligini tushuntirdi.
"Qo'limdan kelganicha barchani nokautga uchratmoqchiman. Maqsadim — dunyoning eng zo'r yigitlari bilan jang qilish. CHimaev yarim o'rta vazn toifasida ekanidayoq, men u bilan jang tashkil qilib berishlarini so'ragandim. Xamzatga qarshi hech qanday shaxsiy g'arazim yo'q. Men o'zimni sinab ko'rmoqchiman, muxlislarga dunyoning eng zo'ri ekanligimni ko'rsatmoqchiman", deydi Muhammad.
Bilol 11 may kuni o'z kamarini Jek Della Maddelenadan himoya qilishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : Red Corner
Fikrlar