27 apr 07:54
Yangiliklar
Dzyudo
Bir haftalik mashg'ulotlar sarhisob qilindi
SHu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Gruziyaning tog'li Bakuriani shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Gruzin zaminidagi mashg'ulotlar boshlanganiga bir hafta bo'ldi va shu munosabat bilan terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis dzyudochilar bilan yig'ilish o'tkazdi. Unda dzyudochilarimizning bir haftalik cikldagi harakatlari ilmiy asosga tayangan holda tahlil qilindi.
Iliadis terma jamoaning har bir azosi bilan alohida suhbatlashdi. Qay jihatlarda ozgina qo'shish kerak, qay holatlarga yana etibor qaratish lozim kabi masalalarda tavsiyalarini berdi.
Malumot uchun, ikki haftaga mo'ljallangan Bakuriani yig'ini 5-7 may kunlari Tataristonda o'tkaziladigan KAZAN GRAND SLAM 2021 turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar