02 may 19:40
Yangiliklar

Bir promouter mijozi bo'lgani uchun SHahram G'iyosovning Jeyron Ennis bilan jangini tashkil qilishda muammo bo'lishi mumkinmi? Bokschi bunga javob berdi
— Bir necha kun ilgari WBA tashkiloti Jeyron Ennisni super chempion sifatida elon qilib, siz bilan majburiy himoya jangiga buyruq berdi. Ennis va siz bir promouterning mijozi sanalasiz. Bunday holatda ikki jamoadan biri jangni bekor qilishi ehtimoli mavjudmi?
"Ha, to'g'ri aytasiz, ikkimizning ham promouterimiz bir. Bu jang ikkimiz uchun ham foyda keltirishi mumkin. CHunki bu vaziyatda promouter yutqazmaydi, men ham, Ennis ham uniki. Baribir kamar Matchroom'da qoladi. SHuning uchun bekor bo'lish ehtimoli kamroq. Aksincha, o'zimiznikilar jang qilsa Xirnga yaxshiroq bo'ladi", deydi G'iyosov Olamsport.com muxbiri Diyorbek Mavlonov bilan suhbatda.
Avvalroq, WBA tashkiloti Ennis — G'iyosov jangiga rasman buyruq bergan edi.
Fikrlar