15 iyu 17:02
Yangiliklar
"Birinchi jangda Entoniga noto'g'ri ko'rsatmalar berilgandi"
"Birinchi jangda Entoniga noto'g'ri ko'rsatmalar berilgan edi. Joshua aytilganlarga amal qiladigan bokschilardan. Unga o'z burchagidan noto'g'ri ko'rsatmalar berilgan. Ammo, hozirda u mashg'ulotlardan mamnun.
Odamlar og'ir vazn toifalarida tajribam yo'qligini aytib, meni tanqid qilishgan edi. Biroq, mening vazifam to'g'ri yo'naltirish, maslahat berish va jang rejasini ishlab chiqish. Entoni g'alabaga chanqoq va buni tezroq bo'lishini xohlaydi", - dedi Garsiya IFL TV telekanaliga bergan intervyusida.
Ushbu jang The Ring jurnali tomonidan 2021 yil voqeasi sifatida etirof etilgandi.
Joshua va Usik o'rtasidagi ilk jang 12 raund to'liq davom etgan va Aleksandrning 116-112, 117-114, 115-113 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
Fikrlar