19 fev 13:14
Yangiliklar
Birinchi kundan so'ng umumjamoa hisobida 60 davlat orasida TOP-10`damiz
Kecha o'tkazilgan birinchi kungi bahslardan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha Franciya terma jamoasi peshqadamga aylanib oldi. Faranglar 1 tadan oltin va kumush medallarini qo'lga kiritishgan. Mezbonlar Isroil terma jamoasida ham 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bor. Bittadan oltin va bronza medaliga ega Ispaniya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasagan.
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon terma jamoalari ham kechagi kun bahslarida bittadan oltin medalga ega chiqishdi. Ukraina va Belarus dzyudochilari bittadan kumush, Vengriya hamda O'zbekiston sport delegaciyalari 2 tadan bronza medaliga ega bo'lgan holda 9-pog'onadan joy olishgan. Bizdan keyingi o'rinlarda Rossiya, Qozog'iston terma jamoalari borishyapti. Jami 46 ta davlat terma jamoalarida hali bitta ham medal yo'q.
Fikrlar