11 fev 12:14
Yangiliklar
Bishkek Open-2019. Karatechilarimiz 23ta medal bilan qaytishdi FOTO
Karatening olimpiya oilasiga mansub yo'nalishi bo'yicha tashkil etilgan Bihkek Open-2019 turnirida O'zbekiston terma jamoasining 35 nafar azolari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, kecha yakuniga etgan mazkur xalqaro musobaqada vakillarimiz 11ta oltin, 5ta kumush, 7ta bronza, jami 23ta medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.
O'n ikkinchi bor o'tkazilgan o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi turnirda Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston kabi ettita davlatdan 500ga yaqin karatechilar g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi.
O'zbekiston karate milliy federaciyasi sportchilari orasida Bekzod Hayitboev, Jamshid Xojakmetov, Dildor Annadurdieva, Asilbek Muhammadjon o'g'li, Sunnatullo Xudoyberganov, Aziza Aliqulova, Ruhshona Payonova, Yulduz Aliqulova, Samandar Safarov, Mehriddin To'raxonov, Muhammadjon Tursunmuhammatov, Sevinch Rahimova, Kamron Madaminov, Abdulla Bahromov, SHohjahon Ahmadaliev, Islom Sattorov, Firdavs Ahmadjonov, Iroda Akbarova, Moxlaroy Hakimjonova, Muazzam Egamberdieva, Albek Zaynobiddinov hamda Abdulla Bahromov o'z vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar