04 may 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Bisping Oliveyra-Getji jangi favoritini aytdi
O'rta vaznda UFC sobiq chempioni Maykl Bisping engil vazn chempioni CHarlz Oliveyra va Jastin Getji o'rtasidagi jangga taxmin bildirdi.
"Albatta, Oliveyra Jastin Getjining kuchli zarbalariga turib bera oladimi yoki yo'q, bu asosiy savol. Lekin quloq soling, bu yigit 10 ta jangdan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. O'ylaymanki, agar CHarlz Jastinni "stoyka"da biroz charchata olsa, qaysidir lahzada uni parterga o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Bu taxminga unchalik ishonchim komil bo'lmasada, CHarlz Oliveyraning g'alabasiga tikaman. U jangni to'rtinchi yoki beshinchi raundda yakunlaydi deb o'ylayman", - deya Bispingning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Oliveyra-Getji jangi 7 may kuni UFC 274 doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar