31 avg 12:58
Yangiliklar
Bitta bronza hal qildi. O'smirlarimiz Osiyo chempionatini umujamoa hisobida nechanchi o'rinda yakunlashdi?
Musobaqaning ikkinchi kuni o'rta va og'ir vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida Koreyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar bizdan faqatgina bitta bronza ko'p jamg'arganlari hisobiga birinchi bo'lishdi. Oltin va kumush medallar ikki davlat terma jamoalarida bir xilda bo'ldi.
Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamitova
-50 kg: Xushnudbek Burhonov
-60 kg: Muhammad Masharipov oltin
-63 kg: Nigina Saparboeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Kumush medallar
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-66 kg: Umirzoq Qurbonmurodov
Bronza medallar
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-55 kg: Dilshod Karimov
+70 kg: Umida Nig'matova
-73 kg: Suhrob Abduqodirov
-81 kg: Muhammadali Sadullaev
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
Fikrlar