20 okt 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol: "Kanelo bilan revansh avvalgidek qiziqarli emas"
Yarimog'ir vaznda WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol Saul Alvares bilan ehtimoliy revanshi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Kanelo bilan revansh jangiga qiziqmayman deb aytmagan bo'lardim. Ha, u revansh jangini xohlaydi. Men uchun bu ajablanarli emas. Axir u chempion, ammo jangda mag'lub bo'ldi – har bir chempion o'ch olishni xohlaydi. Bu tabiiy.
SHaxsan men revansh jangini xohlaymanmi? Albatta, men uchun oldinga borish yaxshiroq, lekin biz ehtimoliy revansh jangini muhokama qilyapmiz. Lekin baribir, bu men uchun avvalgidek qiziq emas", - dedi Bivol FightHub YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar