19 dek 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol Kanelo ustidan qozongan g'alabasidan so'ng hayoti qay tarzda o'zgargani haqida gapirib berdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol Saul Alvaresga qarshi jangdagi g'alabasidan so'ng hayoti qay tarzda o'zgargani haqida gapirdi.
"Ha, hayotim o'zgardi. Atrofimdagi ko'p narsalar o'zgardi, ammo o'zim emas. Men o'sha odam bo'lib qoldim. Atrofimdagi odamlar ham o'zgardi, ular menga boshqacha qaray boshlashdi. Men ko'proq talabchan bo'la boshladim, meni ko'proq shoularga taklif qila boshlashdi. Odamlar meni ko'rib, birga suratga tusha boshlashdi. Endi o'zimni ehtiyotkor tutishim kerak", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar