13 may 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Kanelo ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "Men boks qirolini mag'lub etdim"
Yarim og'ir vazn toifasida WVA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol meksikalik Saul Alvares ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Har bir g'alaba muhim. Ammo, vazn toifasidan qati nazar boks qiroliga qarshi jang qilish... Bunga o'zgacha yondashish kerak. Barcha muxlislar menga qarshi edi. Bu g'alaba sizga ishonmaydigan, tashqariga chiqib biror ish qiladigan odamlar uchun ham muhimdir. So'ngi natijalar menga ishonch bag'ishladi. Meni ruhlantirgan jang Usikning Joshua ustidan qozonilgan g'alabasi bo'ldi. Bir kishi Angliyaga kelganida, unga hech kim pul tikmagandi. Lekin, u g'alabaga erishdi", - deya Bivolning so'zlarini keltirgan "Boks TV".
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar