06 fev 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol: "Lomachenko Lopesga rostdan ham yutqazgandi"
WBA Super kamari sohibi Dmitriy Bivolning fikricha, Lopes Lomachenkoni haqli ravishda mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Men Teofimo g'alaba qozongandi degan fikrdaman. Lomachenkoga yon bosib hisoblagan taqdirimizda ham hisob Lopes foydasiga 7:5 bo'lgan. Birinchi raundda Lopes, ikkinchi va uchinchida Lomachenko. SHundan so'ng ham Lopes raundlarni olishda davom etdi. Ettinchi yoki sakkizinchi raundni ham Lomachenkoga berdim. O'n ikkinchi raundni ham. Ammo umumiy hisobda baribir 7:5.
SHu sababli, Lopesni haqiqatdan ham g'alaba qozondi deyishga haqlimiz. Bilaman, bu biroz bahsli jang. Lekin, hakamlar qarori bo'yicha ham Lomachenko mag'lub bo'lgandi", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar