29 avg 15:51
Yangiliklar
Bivol nima uchun Kanelo bilan jangga Qirg'iziston bayrog'i ostida chiqqani haqida gapirdi
"Hech kimni xafa qilishni istamayman, ammo to'g'risini aytsam, Qirg'iziston bayrog'i ostida chiqish hayolimda ham yo'q edi. Men professional bokschi sifatida hech qachon bu bayroq ostida chiqmaganman. Men Rossiya bayrog'ida jang qilganman. CHunki terma jamoa azosi bo'lganman, mamlakat terma jamoasida taminotga ega bo'lganman. Ular meni taminlab turishgan.
Jangni bekor qilishni istashgandi. CHunki vaziyat shunday edi. Bayroq va madhiya bilan chiqish, o'zim muntazam ravishda murojaat qilgan Viktor Coyning qo'shig'idan foydalanishim mumkin emasligini aytishdi. Bu tashkilotchilar qarori. Buni keyin bildim. Ortimda ekran turgan ekan. Buni jangdan keyin bildim. Men uchun yoqimli. Qirg'izistonda tug'ilgan deb qayd aytishibdi. SHunday bo'ldi.
Ammo, hamisha ham bunday bo'lavermaydi. Bu tashkilotchilarga bog'liq. O'sha paytda ekrandagi dekoraciyada mening vatanimni ko'rsatishgan. Kaneloda esa Meksika bayrog'i edi", - dedi Bivol.
Fikrlar