20 iyu 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol o'zbekistonlik bokschi haqida - "Unga ukamdek munosabatdaman"
Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida jahon chempioni Dmitriy Bivol o'zbek bokschisi haqida iliq fikr bildirdi.
"Avvalo shuni aytmoqchimanki, meni Muhammad SHexov bilan bog'laydigan narsa hatto boks ham emas, men unga kenja ukamdek munosabatdaman. U bilan ko'proq do'stona munosabatdaman. Ikkinchidan, u menga bokschi, texnik, chaqqon, doim himoya haqida o'ylaydigan sportchi sifatida yoqadi. Men uning ringda qanday harakat qilishini, qanchalik tez zarba berishini ko'rishga doim qiziqaman", dedi Bivol.
Malumot uchun, 32 yoshli Muhammad SHexov Buxoroda tug'ilgan. U prof faoliyati davomida hozirga qadar 17 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar