05 okt 10:05
Yangiliklar
Bivolning agenti Beterbiev bilan jang o'tkazilmagani sababini aytdi
"Iyundagi jangning o'tkazilmaganinga 2ta sabab bor: birinchisi - ayrim shart-sharoitlar barchani qanoatlantirmadi. Barchani. Beterbiev tomonidagilar faqatgina jangning o'tkazilishini istagan demagan bo'lardim. Ularda ham ayrim kutilgan shartlari bor edi.
Keyinchalik jangning dekabrda o'tkazilishi borasida muzokaralar boshladik. Beterbievning avgust oyida Kanadada Kallumga qarshi jangi bor edi. Keyinchalik jarohat sababli jang bekor qilindi, yanvar oyida jangni yana muhokama qilamiz. Barchasi reja ostida ketmayapti", - dedi Kornilov.
Eslatib o'tamiz, Bivol o'zining so'nggi jangini ikkinchi o'rta vazn toifasida 2022 yilning noyabrida meksikalik Xilberto Ramiresga qarshi o'tkazgan va g'alabaga erishib, raqibining faoliyatidagi ilk mag'lubiyatiga sababchi bo'lgandi.
Fikrlar